Stefano Poda sahnalashtirgan Offenbaxning afsonaviy “Gofman ertaklari” operasi ilk bor Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida!
2025-yil 25–28-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro opera va balet festivali dasturida eng taassurotlarga boy zamonaviy sahna asarlaridan biri namoyish etiladi.
Tomosha voqealari buyuk romantik Ernst Teodor Amadey Gofmanning asarlari va tarjimai holiga asoslangan. O‘zbekiston milliy simfonik orkestri tomonidan ijro etiladigan Jak Offenbax musiqasi ostida muallifning xotiralari va ijodiy xayolotlar olami jonlanadi.
O‘zgacha ijodiy yondashuvlari bilan nom qozongan rejissyor Stefano Poda opera san’atning jonli va baynalmilal shakli ekanligini ko‘rsatish bilan inson ruhiyatining teranligini tadqiq etadi