Moskva viloyatida joylashgan “Noviy Iyerusalim” muzeyida 1920–1930-yillardagi sovet, o‘zbek va rus modernizmining kam o‘rganilgan qatlamiga bag‘ishlangan “Olamlar orasidagi nur” nomli xalqaro ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda.

Rassom Aleksey Ribnikov uning boshqa zamondoshi, avangard rangtasvirchi Mixail Larionov tomonidan ishlab chiqilib, rivojlantirilgan “nurli” oqimining sodiq tarafdori edi. Biroq uning dastlabki asarlari boshqa yo‘nalish — kubizmda yanada sovuqqon tarzda chizilgan. “Intiho” (1918) “Noviy Iyerusalim”da namoyishga qo‘yilgan mo‘yqalam namunalari orasida tomoshabinlar uchun eng jozibadorlisi hisoblanib, ko‘rgazmaning markaziy asarlaridan biridir. Uning syujeti ruhoniy Ioannga mansub vahiynomadan olingan bo‘lib, unda oxiri zamondan darak beruvchi qahramonlardan biri gavdalantirilgan.

“Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi