Joriy yilning sentabr oyida Britaniya muzeyi (London)da “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekistonning noyob osori atiqalari namoyish etilmoqda. Ushbu voqea mamlakatimiz madaniy merosini jahon miqyosida taqdim etishga qaratilgan qator tadbirlar silsilasida diqqatga molik bosqichga aylandi. Dekabr oyida Londonda Ipak yo‘li tarixi va madaniyati bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni birlashtirgan “Ipak yo‘llari: Afro-Yevroosiyo bo‘ylab muloqot va almashinuvlar, milodiy 500–1000-yy.” mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti “San’atshunoslik tarixi” kafedrasi mudiri Jangar Ilyosov ma’ruza qildi.

U o‘z chiqishida Markaziy Osiyoda sirlangan kulolchilik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mualliflik maktablarining shakllanishiga doir tadqiqotini taqdim etib, Buyuk Ipak yo‘lining turli kesishmalarida topilgan ashyo va buyumlarning IX-X asrlar madaniy va badiiy almashinuvini o‘rganishdagi ahamiyati haqida hikoya qilib berdi. O‘zbekistonlik olimlarning shu miqyosdagi anjumanlarda ishtirok etishi O‘zbekistonning qadimiy tamaddunlar merosini o‘rganishga qo‘shgan hissasiga urg‘u berib, ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi.