Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi davom etmoqda, uning doirasida Oʻzbekiston sara to‘plamlariga mansub 14 ta ashyo namoyishga qoʻyilgan boʻlib, ular bosh savdo yoʻli boʻylab milodiy 500–1000 yillar davomida kishilar va sanʼat buyumlarining koʻchib oʻtganini namoyish etadi.

1961-yilda Samarqand yaqinidagi Chelak shahrida olib borilgan qazishmalarda milodiy 600-yillarda ko‘mib qo‘yilgan kumush vazalar xazinasi topilgan. U xususiy turar joyning vayron boʻlgan qoldiqlari orasidan kashf etilgan. Ushbu faqvulodda g‘ayrioddiy ravishda saqlanib qolgan nafis ko‘ralar Zarafshon vodiysining markaziy qismidagi qadimiy tarixiy hudud hisoblangan So‘g‘diyonada, u yerda g‘arbiy turklar hukmronligi davrida nufuzli kumush idishlarning muomalada bo‘lganligiga ishora etuvchi, aynan shu maskanga daxldor ilk arxeologik dalilga aylandi.

“Silk Roads” ko‘rgazmasi 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyining “Sainsbery” galereyasida tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.