I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Vasiliy Lisenkoning mashhur “Buqa” asari I.V.Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyining ramziy timsolidir. Gap shundaki, agar bir tasodif boʻlmaganda, ushbu asar muzey ekspozitsiyasidan oʻrin olmagan boʻlar edi. Musavvir tarjimai holini oʻrganuvchilarning hikoyalariga koʻra, “Buqa” mato surati rassomning uyi tomi teshigiga yamoq sifatida tutilib, Savitskiy tomonidan Lisenkoning saqlanib qolgan 5 dona asari qatorida qoʻqqisdan topilgan. Asar bir vaqtning oʻzida koʻplab rangtasvir yoʻnalishlari: primitivizm, modern, post-ekspressionizmni oʻzida mujassam etadi. “Buqa”ga nazar tashlar ekansiz, beixtiyor miloddan avvalgi XV asrdagi Knossos saroyining mashhur devoriy suratlarini eslamaslikning iloji yoʻq. Va, albatta, bu jonivor shoxlarining turlichaliligiga ham e’tibor qilmaslik mumkin emas, ulardan biri handasaviy mavhumlikka oid rasmlar bilan hashamdor bezatilgan.
“Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” koʻrgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.
🖼 Vasiliy Lisenko. “Buqa” 1920