“Tashkent Modernism” mobil sayyohlik ilovasi Toshkent modernizmining 21 ta inshootini yagona onlayn marshrutga birlashtiradi.


Modernizm davri binolari qatoriga nafaqat ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan imoratlarni, balki turar-joy binolarini ham kiritish mumkin. Sharof Rashidov shohko‘chasidagi derazalari “Moviy gumbazlar” xiyoboniga qaragan yetti qavatli ulkan bino bunga yaqqol misoldir. Uy 1970-yillarda modernizm shakllarida yakka tartibdagi loyiha asosida qurilgan. U Sharof Rashidov shohko‘chasi va Afrosiyob ko‘chasida joylashgan bir nechta binolardan iborat. Uning birinchi qavatlari savdo maydonlari uchun ajratilgan bo‘lib, xiyobonga qaragan yuqori qavatlarida esa me’morlar rassomlarning ustaxonalarini joylashtirgan. Hozirda binoning old qismlari biroz o‘zgargan, ammo u hali ham shahar markazi ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi.


“Tashkent Modernism” sayyohlik ilovasini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.