Arxitektorlarning loyihasi ko‘chadan boshlanadi – trazit zonadan kutubxona fasadi skameykalar joylashtirilgan soyali xiyobonga aylanadi, maysazorlar bo‘ylab yotqizilgan granit yo‘lakchalar hududni kamera uchastkalariga ajratib turadi. Oʻsimliklar shinam (pardali) taxmon hosil qiladi. Mavjud daraxtlar iqlim sharoitiga mos bo‘lgan butalar, O‘zbekiston ko‘chatxonalari tomonidan yetishtirilgan gul va o‘tlar bilan to‘ldiriladi. O‘simliklarning bunday darajada serob bo‘lishi soya tushishi uchun zamin yaratadi va ushbu joyni yanada qulay bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu yer hordiq chiqarish, do‘stlar bilan muloqot qilish yoki farzandlarni darslardan kutish uchun yoqimli maskanga aylanadi.
«Kutubxona old qismini obodonlashtirishning asosiy maqsadi – barcha shahar aholisi: tashrif buyuruvchilar uchun ham, ketayotgan piyodalar uchun ham shinam muhitni yaratishdan iborat. Rekonstruksiyadan so‘ng jamoat maydoni ko‘cha qismidan boshlanadi: uni shunchaki kesib o‘tish yoki biroz to‘xtab, u yerda vaqt o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, biz mazkur yangi makon shahar muhitiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishidan umidvormiz: hudud atrofida yangi kafelar paydo bo‘lishi, kitob ko‘rgazmalari, festivallar, kontsertlar va butun oila uchun turli bayramlar o‘tkazilishi shular jumlasidan. Yahyo G‘ulomov ko‘chasi tarafdagi hudud aslida shaharga tegishli, kutubxona hovlisi esa – xususiy, unga faqat tashrif buyuruvchilar kira oladi» – Gayane Umerova, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori.
Hovli qismi ham oʻquv zalining davomi, ham tadbirlar oʻtkaziladigan joy yoki yolg'iz holda kitob o‘qish va izlanish uchun joy sifatida yaratilgan — Toshkent iqlimi yilning koʻp qismida ochiq havoda sayr qilish uchun qulay. Mehmonlarga qulaylik yaratish uchun arxitektorlar pufiklarlar, o‘tirish joylari va rozetkalar o‘rnatishgan. Hovlining markaziy elementi — mehmonlarni yomg‘irdan yoki yorqin quyoshdan himoya qiladigan katta pergoladir. Ushbu yog‘och shiyponning bir tomonida kichik kutubxona, ikkinchi tomonida — amfiteatr va ekranli sahna bo‘ladi. Bu yerda ma’ruza va she’riyat kechalari, kichik spektakllar va filmlar namoyishi, kitobxonlik mashg‘ulotlari va bolalar uchun mahorat darslari o‘tkaziladi. Kutubxona hovlisi o‘ralgan — tashrif buyuruvchilar bu yerga bufet orqali o‘tishlari mumkin.
“Biz kutubxonaning katta zalini shahar maydoni kabi tasavvur qildik, uning zinapoyalarida to'planish, muloqot qilish, ishlash yoki internetga kirish mumkin. Hovli hududining davomiyligi bu yerdagi tadbirlarning bino devorlaridan tashqariga chiqishiga ham imkon beradi. Kutubxona oldidagi ko‘chaning obodonlashtirilishi Toshkentdagi jamoat maydonining munosib namunasi bo‘ladi. Biz o'z xususiyatlarini yo'qotmasdan chiroyli ko'rinishda eskiradigan butunlay tabiiy materiallardan foydalanishga harakat qilmoqdamiz. Hovlida granitli amfiteatr va eman hamda tilog'ochdan yasalgan yog'och hovli paydo bo'ladi. Bundan tashqari, bu yerda kichik bog‘ tashkil etiladi, taxta nastillar tizimi esa o‘rindiqlar sonini ko‘paytirishga va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi — ular xohlagan joyda o‘tirishlari mumkin”, — deydi rekonstruksiya loyihasi muallifi, Ludi Architects arxitektura byurosi rahbari Lyubov Leontyeva.
130 yillik ushbu binoning rekonstruksiyasi 2020-yil sentabr oyida Sankt-Peterburgning Ludi Architects arxitektura byurosi loyihasi asosida boshlandi. Ta’mirlash ishlaridan so‘ng kutubxona katta va xilma-xil kitoblar jamg‘armasiga ega jamoat dasturi va bolalar hamda kattalar uchun ta’lim imkoniyatlarini birlashtirgan muhim ijtimoiy maydonga aylanadi.