Toshkentda me’mor, rassom va Qirollik jamg‘armasi huzuridagi An’anaviy san’at maktabi direktori d-r Xolid Azzam bilan jamoatchilik uchun turkum ochiq tadbirlar boshlandi. Dastlabki kun an’anaviy islom handasasiga bag‘ishlangan ilhombaxsh mahorat darsi bilan ochildi.
Ishtirokchilar nafaqat handasaviy naqsh asosiga qurilgan falsafa va tamoyillarga oid ma’lumotlarga oshno bo‘ldilar, balki mohir usta qo‘llari ostida o‘z naqshin bezaklarini yaratib, ushbu bilimlarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
Ushbu tadbirlar 23-mayga qadar davom etadi. Oldinda jonli munozara, amaliy mashg‘ulotlar va yangi mahorat darslari kutmoqda. Kirish ro‘yxatdan o‘tish orqali bepul: