2025-yilning 22–26-sentabr kunlari Toshkentda “San’at dunyosi” nomli Birinchi Rossiya san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival dasturidan “Romeo va Julyetta” baleti, Karen Shahnazarov bilan ijodiy uchrashuv, Mayakovskiy va Yesenin haqidagi musiqiy-adabiy spektakl, dunyoning yetakchi teatrlari solistlari ishtirokidagi opera gala-konserti va albatta, xalq raqslari ham o‘rin olgan.
Tomoshabinlarni mumtoz asarlarning zamonaviy talqinlari, yangi iste’dodlar hamda dolzarb badiiy yo‘nalishlarni kashf etishga taklif etamiz!