22-sentabrdan 3-oktyabrgacha Toshkentda Xalqaro klassik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. Sizni unutilmas konsertlar, yangi premyeralar hamda jahon va o‘zbek san’atining yirik ustozlari bilan uchrashuvlar kutmoqda!

Festivalning ochilish marosimi 22-sentabr kuni soat 19:00 da “O‘zbekiston” Xalqaro forumlar saroyida bo‘lib o‘tadi. Sahna pardasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ijrosida, dirijyor Alibek Kabduraxmonov boshchiligida va mashhur pianinochi Behzod Abduraimov ishtirokida ko‘tariladi.

Oldinda — voqealarga boy dastur. Yangiliklarni kuzatib boring va bu bayramning bir qismiga aylaning!

Chiptalar iticket.uz’da sotuvda.