2024-yilning 28-fevral – 16-mart kunlari Toshkentdagi barcha nozik didli tomoshabinlarni uzoq kutilgan voqea kutmoqda – poytaxtda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan har yilllik Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar eng ahamiyatga molik san’at maktablari, sayyor guruhlari va xoreograflar tomonidan tayyorlangan turli mamlakatlarning mashhur sahna asarlarini tomosha qiladilar.
 
Festival dasturi mumtozlik va zamonaviylik, afsonaviy voqealar rivojining yangi talqinlari hamda dramaturgiya va ssenografiyada peshqadam yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan spektakllardan iborat. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfmanning “Rus Gamleti” baleti va italiyalik xoreograf Mauro Bigonzettining “Nafas kabi” va Yuriy Posoxovning “Gabriel Shanel” balet tomoshalari, Akrom Xonning “Chotto Desh” spektakli va Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” baleti taqdim etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Offenbaxning Stefano Poda sahlanashtiruvidagi “Gofman ertaklari” operasi kutmoqda.
 
28-fevral – 1-mart
Ural baleti Toshkentda
 
Festival dasturida Yekaterinburg davlat akademik opera va balet teatrining bir nechta spektakllari – Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” spektakli va Ural baletining gala-konserti taqdim etiladi.

Sergey Prokofyevning “Romeo va Julyetta” asari Vyacheslav Samodurov sahnalashtirilgan
 
Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” asari  teatr va truppaning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan. Ushbu spektaklni Prokofyev baletining ko‘plab spektakllarining birortasi bilan aralashtirib bo‘lmaydi: uni liboslar (Uyg‘onish davri mato suratlari parchalari) va ssenografiyasi – Shekspirning “Globus” teatrini eslatuvchi xavfli egilgan alvon rangli qurilmasi bilan osongina tanib olish mumkin. Va, shuningdek, xoreografik til nuqtai nazaridan: mumtoz tamanno yurishlar nomumtoz raqs jargonlari bilan qorishib, hayajonli sur’atda taqdim etilgan, egiluvchanlikning qat’iyligi va shiddati asar qahramonlarining nozik va zaifligini yashiradi.
 
Ural baletining galasi
 
Ural baletining gala konserti to‘rt baletdan iborat almanaxdir. Bu Rossiyaning eng yaxshi balet muassasalaridan birining siymosi va qariyb ikki asrni qamrab olgan “mumtoz raqs” deb atalmish hodisaning sayr ko‘zgusidir: dasturning eng ilgarigi qismi 1842-yilga to‘g‘ri keladi, eng oxirgisi esa 2023-yilning yozida sahnalashtirilgan.
“Neapol yoki baliqchi va uning kelini” baletini daniyalik Avgust Burnonvil yaratgan. 1842-yilgi ilk namoyishda Bornonvilning xoreografiyasi tomoshabinlarga juda tez va o‘yga toldiruvchi bo‘lib tuyuladi. Endi u jahon xoreografiyasining mumstoz asari. Kechaning ikkinchi qismi ikkita yangi asardan iborat. Bu Aleksandr Merkushevning zamonaviy yuqori tezlikdagi mumtoz raqs namunasi bo‘lgan “Terset” miniatyurasidir. Shuningdek, Ural baleti rahbari Maksim Petrovning Debyussi musiqasiga sayqallangan “Choshgoh” spektakli. Oqshom Samodurovning eng sara asarlaridan biri hisoblanmish “oq balet”ning zamonaviy timsoli bo‘lmish “Salyeri variatsiyalari” bilan yakunlanadi.
 
 
5–6-mart
“Chotto Desh” Akrom Xon ishtirokida
 
Britaniyalik sahnalashtiruvchi Akrom Xon zamonamizning eng taniqli raqqos va xoreograflaridan biri hisoblanadi. “Chotto Desh” (Kichik Vatan) spektaklida Xon jonajon ona yurti Bangladeshdan Britaniyaga ketayotgan yigitning orzulari haqida o‘z hikoyasini raqs tili orqali hikoya qiladi. Jonli raqs harakatlari, matn, tasviriy va ovozdan foydalangan holda balet bugungi inson ruhining zamonaviy dunyodagi bardoshini tarannum etadi  va oilaviy tomosha qilish uchun sehrli, maftunkor va kuchli raqs spektakl sifatida taassurot qoldirishi kutilmoqda.
 
 
8 mart
“Modanse” Svetlana Zaharova bilan
 
Mauro Bigonzettining “Nafas kabi” va Ilya Demutskiyning Yuriy Posoxov tomonidan sahnalashtirilgan “Gabriel Shanel” baletlarini birlashtirgan “Modanse” loyihasi Rossiya Bolshoy teatrining prima balerinasi va “La Skala” teatrining zalvarli san’at arbobi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Svetlana Zaharova uchun maxsus yaratilgan. “Nafas kabi” musiqasi Georg Fridrix Gendelning turli asarlariga asoslangan bo‘lib, barokko davri nafaqat balet musiqasida, balki zamonaviy va qoliplardan xoli mardonavor liboslarda urg‘u berilgan raqs xoreografiyasida ham mujassam bo‘lgan. “Gabriel Shanel” baleti noma’lum chekka ovul qo‘shiqchisidan to eng nufuzli moda uylaridan birining yetakchisigacha ko‘tarilib, XX asr moda olamini tamomila o‘zgartirib yuborgan buyuk Koko bosib o‘tgan yo‘l haqida hikoya qiladi. 
 
 
10–11-mart
Boris Eyfmanning “Rus Gamleti”
 
“Rus Gamleti” spektaklida Boris Eyfman Rossiya tarixidagi eng sirli va bahsli qahramonlardan biri bo‘lgan podshoh Pavel I siymosiga murojaat etadi. Sahnlashtiruvchi noodatiy va ruhan zaif shaxsiyatning zo‘ravonlik, bevafolik va yolg‘onga qurilgan ixtilofli dunyo bilan fojiali ziddiyatini ajoyib tarzda gavdalantirgan.

 

15–16-mart
“Gofman ertaklari” operasi
Xalqaro opera va balet festivali O‘zbekiston milliy orkestri ijrosidagi taniqli italiyalik sahnalashtiruvchi, rassom va ssenograf Stefano Poda versiyasida Jak Offenbaxning “Gofman ertaklari” operasining ilk namoyishi bilan yakunlanadi. Operaning adabiy asosini Ernest Teodor Amadey Gofmanning asarlari va tarjimai holi tashkil etadi.
 
Chiptalar tez orada iTicket.uz saytida.