Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Londondagi King’s Foundation School of Traditional Arts hamkorligida tashkil etilgan mahorat darslari turkumi Madina Kasimbayeva rahbarligidagi an’anaviy kashtachilik bo‘yicha mashg‘ulotlar bilan davom etdi.
Mazkur darsda ishtirokchilar nafaqat o‘zbek kashtachiligining ramziy ma’nolari va tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlarni tinglash, balki milliy matolarga xos naqsh va choklarni yaratishda o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
Tadbir O‘zbekistonning boy to‘qimachilik merosini yanada dolzarb va kuchli ekanini ta’kidladi hamda Jamg‘armaning asosiy vazifasi — an’anaviy san’atni asrash va qo‘llab-quvvatlash, xalqaro madaniy muloqotni kengaytirishga qaratilgan intilishini namoyon etdi.