Janob Lazar Elundu Assomo boshchiligidagi YUNESKO delegatsiyasi va Xalqaro maslahat qo‘mitasi missiyasi a’zolari bilan o‘tkazilgan yakuniy uchrashuv doirasida ushbu tashrif O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda diqqatga molik pog‘ona bo‘lgani qayd etildi.
Missiya xulosalari bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik tavsiyalar Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy hududlarni muhofaza qilishga doir yangi loyihalarni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Unda alohida e’tibor kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, restavratsiya maktablarini rivojlantirish hamda madaniy merosni asrab-avaylashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.
Mazkur tashrifda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida mushtarak sa’y-harakatlar va xalqaro hamkorlik muhim ekanligi ta’kidlandi.