Kaliforniyaning Burbank shahrida joylashgan “Warner Bros. Discovery” bosh qarorgohida O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu kompaniya rahbariyati — vitse-prezident Maykl Volbreht, HBO katta vitse-prezidenti Jey Rove, “Warner Bros. Pictures” ijrochi vitse-prezidenti Mark Skrun va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha direktor Puja Navapey bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muhokama chog‘ida tomonlar ekranlashtirish sanoati sohasidagi hamkorlikning ehtimolli yo‘nalishlari hamda xalqaro kinoloyihalarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonning salohiyati masalalarini ko‘rib chiqdilar. Unda alohida e’tibor qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari va professional tashkilotlar, shu jumladan, “Motion Picture” uyushmasi bilan hamkorlik shakllariga qaratildi.