O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasining Kembrij universiteti Qirollik kolleji rahbari, d-r Jillian Tett bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida hamkorlik istiqbollari, jumladan, Jamg‘armaning Kembrij universitetining “Ipak yo‘li” dasturida ishtirok etishi ehtimoli muhokama qilindi. Ushbu tashabbusga qo‘shilish Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishida mintaqamizning o‘rnini chuqur ilmiy tadqiq etish imkoniyatlarini ochadi.
Dasturni amalga oshirishga o‘zbekistonlik mutaxassislarni ham jalb etish rejalashtirilgan.
