I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” nomli yirik ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.


Mihail Kurzin, Ruvim Mazel, Viktor Ufimtsev va Aleksandr Volkov kabi rassomlar sharqona “bo‘yoqlar jilolari”dan o‘zgacha maftun bo‘lishda nafaqat karvonlar tasviri, balki asosiy vazifasi zamon shiddati va oqimi qiyofasini gavdalantirishdan iborat bo‘lgan “Suv quvurini o‘tkazish” (1932), “Brigadaning dalaga chiqishi. G‘oliblar” (1933) singari sho‘rolar epopeyalaridan ham ilhom olganlar. Shuningdek, o‘zbek xonanda va sozandalari siymolari aks etgan son-sanoqsiz portretlari ayniqsa an’anaviy musiqaning ko‘pincha bir ovoz va bir ohangda jaranglovchi rom etish darajasidagi ta’siri bilan uzviy bog‘liqligi inobatga olinsa ushbu tushunchani sur’at jihatdan mustahkamlaydi.  


I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi 2025-yil 1-iyunga qadar davom etadi.