“EXPO 2025 Osaka, Kansai” butunjahon ko‘rgazmasiga tashrifning rasmiy dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi pavilioniga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida navbatdagi butunjahon ko‘rgazmasiga Podshohlik mezbonlik qiladigan “EXPO 2030 Ar-Riyod” konsepsiyasi taqdim etildi. Taqdimotda bo‘lajak anjumanning innovatsiyalar, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlik kabi bosh g‘oyalarini ochib berilib, Ar-Riyodning madaniyatlar va texnologiyalar muloqotining yangi baynalmilal poytaxtiga aylanish sari intilishi belgilab berilgan.

Ushbu taqdimot O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bo‘lajak ko‘rgazma rejalari bilan tanishish va “EXPO 2030” oldidan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.