18-noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York kinoakademiyasi (NYFA) rahbariyati – prezident Maykl Yang, strategiya bo‘yicha direktor va Los-Anjeles kampusi dekani Den Makler hamda akademik masalalar bo‘yicha direktor Sonni Kalderon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muhokama chog‘ida tomonlar NYFA faoliyati va kino ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning ehtimolli yo‘nalishlari haqida ma’lumot almashdilar. Unda hamkorlik istiqbollari, jumladan, ta’lim tashabbuslari va yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratlarini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv mahsuli sifatida delegatsiya a’zolari NYFA o‘quv maydonlariga tashrif buyurib, kampus faoliyatini tashkil etish bilan tanishdilar.