Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Sankt-Peterburgdagi “Manej” markaziy ko‘rgazmalar zalida “Kreativ salohiyat: qadriyatlar, texnologiyalar, brendlar” nomli koʻrgazma oʻz ishini boshladi.
Ekspozitsiyada Rossiyaning 40 ta kompaniyasi axborot texnologiyalari ishlanmalari va musiqa uskunalaridan tortib to dizayn va xalq badiiy hunarmandchiligi mahsulotlarigacha bo‘lgan beshta yo‘nalish bo‘yicha yutuqlari namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma kreativ iqtisodiyotning zamonaviy oʻzgarishlari va uning xalqaro hamkorlik uchun imkoniyatlari bilan tanishish maydoniga aylandi.
O‘zbekiston ekspozitsiyaning maxsus mehmoni bo‘ldi. Mamlakatni ikkita nomdor shirkat: to‘qimachilik va an’anaviy naqshinkor gilamlar bilan mashhur “MURSAK” va milliy shirinliklarning zamonaviy talqinlarini taklif etuvchi “QAND” tamsil etdi. Ularning ishtiroki O‘zbekistonning kreativ sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va ko‘rgazmaning xalqaro miqyosiga urgʻu beradi.
