18-noyabr kuni Luvr Abu-Dabi muzeyida islom san’ati, xattotlik va she'riyatga bag‘ishlangan dunyoning yetakchi platformalaridan biri bo‘lgan “Al Burda Award” mukofotining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. 2025-yilgi marosim “Birlik” mavzusi ostida o‘tkazilib, xalqlar o‘rtasidagi madaniy va ma’naviy o‘zaro anglashuv g'oyasini aks ettirdi.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston “Faxriy mehmon” (Guest of Honour) maqomida ishtirok etib, mamlakatning boy badiiy va hunarmandchilik merosini yorqin namoyish etgani uchun mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, marosim doirasida dastur musiqiy qismidan o‘rin olgan an’anaviy “Manzur” ansamblining chiqishi ham taqdim etildi.