Londondagi Britaniya muzeyida milodiy 500–1000-yillar mobaynidagi asosiy savdo yoʻli boʻylab kishilar va sanʼat ashyolari hijratini yaqqol namoyish etuvchi Oʻzbekiston sara to‘plamlariga mansub 14 ta eksponat taqdim etilgan “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi o‘zining oxirgi haftasini o‘tamoqda.
Temuriylar davri Markaziy Osiyo qo‘lyozma risolalar tarixida yangi bobga debocha yasagan. Asta-sekin Sheroz (Eron), Hirot (Afg‘oniston) va Samarqand shaharlari kitob san’ati yuksalishining muhim markazlariga aylanib, u yerda mohir ustalar shahzodalar uchun hashamatli qo‘lyozmalarni qo‘lda nusxa olib, ularga o‘zgacha ko‘rk baxsh etardilar. Ularning aksariyati undan muqaddam asrlardagi, masalan, Firdavsiyning (taxm. 940-1020-yy.) “Shohnoma”si yoki Nizomiy (taxm. 1141-1209-yy.) qalamiga mansub “Xamsa” to‘plamidan iborat turli dostonlar kabi fors adabiyotining durdonalaridir, ammo ular orasida XV asr boshidagi qator mualliflarning asarlari ham mavjud.
“Silk Roads” ko‘rgazmasi 23-fevralga qadar Britaniya muzeyining “Sainsbery” galereyasida sanʼat ixlosmandlari uchun muntazir.