Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi davom etmoqda, uning doirasida Oʻzbekiston sara toʻplamlariga mansub 14 ta ashyo namoyishga qoʻyilgan boʻlib, ular bosh savdo yoʻli boʻylab milodiy 500–1000-yillar davomida kishilar va sanʼat buyumlarining koʻchib oʻtganini namoyish etadi.
Islom dini bilan birga arab tili Ipak yoʻli boʻylab sayohat qilgan. Ushbu lagancha tayyorlangan Somoniylar davlati (875–999) hududida koʻpchilik fors tilida soʻzlashgan, ammo arab tili muayyan payt oliy maʼmuriyat va musulmon fikhi arboblari orasida qoʻllanila boshlaydi. Yorqin kufiy yozuvida bitilgan sopol idishdagi arabcha matndan maqollar, oq fotihalar hamda tanovul va isteʼmolga oid xitoblar oʻrin olgan. Idish atrofi boʻylab Qurʼon oyatidan ilhomlangan quyidagi jumlani oʻqish mumkin: “Odamlar orasida rizq maishat Robbingiz rahmati ila taqsimlangan”.
“Silk Roads” koʻrgazmasi 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyining “Sainsbery” galereyasida tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.