2024-yil 29–30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya poygalari turkumiga mansub “Sky Camp Bo‘stonliq” tog‘ sporti festivali bo‘lib otdi.

Ikki kun davom etgan sport bayrami dasturi qizg‘in o‘tdi. Festival ishtirokchilari va mehmonlari e’tiboriga yuqori tezlikli tog‘ yo‘l velopoygasi, 10 va 20 km masofali noravon joylarda yugurish, balandlikka ko‘tarilish, yoga va meditatsiya, plogging tadbirlari havola etildi. Birinchi kun “Tesla Boy” guruhining katta konserti bilan yakunlandi. Barcha tadbirlar Amirsoyning ajoyib tabiati va so‘lim manzarasida kechdi.

“Amirsoyning betakror manzaralaridan bahramand bo‘lish va shu yil biz tayyorlagan murakkab musobaqalarda qatnashish maqsadida tashrif buyurgan ko‘p miqdordagi ishtirokchilar va mehmonlarni ko‘rishdan mamnunmiz. “Sky Camp Bo‘stonliq 2024” nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi, balki faol hordiq chiqarish va atrof-muhit haqida xabardorlikni ommalashtirishga xizmat qiladi. Umid qilamizki, “Sky Camp” butun dunyodan tobora ko‘proq ishtirokchilarni jalb etishda davom etadi”, – Mirhan Sagitov, “Samarkand Marathon” xayriya musobaqalari turkumi rahbari.

Natijalar:

• Sky Camp BIKE – masofasi 13,5 km, balandlikka ko‘tarilish 691 m tog‘ yo‘l velopoygasida erkaklar o‘rtasida 38:14,4 natija bilan TIMUR KORESHKOV, ayollar o‘rtasida 47:30,1 natija bilan KRISTINA IVANOVA g‘olib bo‘ldi;

• Sky Camp TRAIL – 10 km masofaga 619 m balandlikda noravon joylarda yugurishda erkaklar o‘rtasida MAMEDOV VLADISLAV 52:36 natija bilan, ayollar o‘rtasida 1:03:08 natija bilan HMELEVSKAYA MARINA; 20 km masofada 1239 m balandlikka ko‘tarilishda erkaklar o‘rtasida 2:06:22 natija bilan ZINUROV RAFAEL, ayollar o‘rtasida 2:52:06 natija bilan KAZARYAN ALBINA g‘olib bo‘ldi;

• Sky Camp PEAK - Amirsoyning quyidan yuqori bekatigacha bo‘lgan 4,2 km masofaga 724 m balandlikka ko‘tarilish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida TURSUNOV SHAHBOZ va ABDURAHMONOV SHAHROM 38:42,2 va 38:42,3 natija bilan qo‘lni-qo‘lga qo‘yib marrani zabt etdilar; ayollar o‘rtasida HMELEVSKAYA Marina 43:50,8 g ‘oliba bo‘ldi.

Shuningdek, PEAK masofasida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi mutlaq hisobdagi g‘oliblar 2021-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangiladilar.

ZEN poygasi ishtirokchilari toifalar bo‘yicha taqdirlanmadilar, ammo “Sky Camp Bo‘stonliq 2024”da qatnashganlari uchun esdalik medallari sohibiga aylandilar. 

“Sky Camp TRAIL” yo‘lagi Xalqaro treylranning uyushmasi (ITRA) tomonidan rasmiy guvohnomaga ega bo‘lib, bu ishtirokchilari ITRA ballarini qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi ilk trassa hisoblanadi.

Ko‘p sonli ishtirokchilar ekologik tashabbus “plogging”ni qo‘llab-quvvatladilar. “Sky Camp Bo‘stonliq 2024”da u ikkala kun bo‘lib o‘tdi. O‘zidan keyin tabiatni asl holida qoldirish ahamiyatini anglagan holda tog‘ sporti festivali mehmonlari chiqindilarni yig‘ishdan iborat yugurish aksiyasiga qo‘shildilar. Mazkur tadbirning ikkinchi kunida ishtirokchilar soni 3 barobarga oshdi.

29-iyun kuni asosiy dastur yakunida “Tesla Boy” guruhining konserti boʻlib oʻtdi. Anton Sevidov va uning “Tesla Boy” loyihasi “Sky Camp Bo‘stonliq 2024” mehmonlari va ishtirokchilari uchun o‘zlarining jozibador elektro-poplarini ijro etdilar.

 

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
Musobaqaning bosh hamkorlari: Sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi.