Art Basel 2025 doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Art Basel Hong Kong direktori Angelle Siyang-Le, hamda xalqaro madaniy hamjamiyatning yetakchi vakillari ishtirokida norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlar, muzey sohasi mutaxassislari, kollektsionerlar, kuratorlar va yetakchi xalqaro madaniy institutlar rahbarlari davrasida joriy yil sentyabr oyida ochilishi rejalashtirilgan Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi loyihasi taqdim etildi.

Uchrashuv O‘zbekiston zamonaviy san’atining istiqbollari va uning jahon madaniy makoniga integratsiyasi bo‘yicha keng qamrovli muloqotning bir qismi bo‘ldi.