Samarqand shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Hujjat tomonlarning madaniyat, shu jumladan, ko‘rgazmalarni tashkil etish, yodgorliklarni restavratsiya qilish, muzeylar ishi, akademik almashinuv hamda mutaxassislarni tayyorlash sohalaridagi qat’iy maqsadlarini mustahkamlaydi.
Qo‘shma tashabbuslar orasida Milandagi “Reale” saroyida o‘zbek amaliy san’ati ko‘rgazmasi, Rimdagi “Scuderie del Quirinale” va Venetsiyadagi “Grimani” saroyida arxeologik ko‘rgazmalar, Buxoro san’at muzeyi ekspozitsiyasini yangilash hamda italiyalik san’at arboblari ishtirokida Buxoroda Restavratsiya markazini rivojlantirish kabi loyihalar mavjud.