XIX Venetsiya meʼmorchilik biennalesi doirasida O‘zbekiston milliy pavilioni sanʼat muhofizlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘rgazmaning mamlakat ilmiy merosini qayta anglashga bag‘ishlangan ustuvor g‘oyalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar asosiy eʼtiborni O‘zbekistonning bugungi dolzarb kun tartibini aks ettiruvchi, ekspozitsiyaning asosiy mazmun-mohiyati hisoblangan muqobil energetika va “yashilʼʼ iqtisodiyot mavzulariga qaratdilar.

Muhokamalarning alohida nuqtasi Buxoro biennalesiga taraddud koʻrish boʻlib, unda Venetsiyada bayon etilgan mavzular mahalliy va mintaqaviy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda davom ettiriladi.