O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova “Ta’lim hamma narsadan ustun” (EAA) jamg‘armasining “Osiyo sari yo‘l” (ROTA) dasturining ijrochi direktori Abdulla Ol Abdulloh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar “yashil” iqtisodiyot, iqlim ta’limi va barqaror rivojlanish sohalarida yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hunarmandchilik va an’anaviy amaliyotlarga urg‘u berilgan holda, jumladan, ekologik xatar yuqori bo‘lgan mintaqa sifatidagi qishloq tumanlari va Orolbo‘yi mintaqasiga mansub yoshlar uchun mo‘ljallangan madaniy va ma’rifiy dasturlar muhokama qilindi.