Qozog‘iston milliy muzeyida “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Buxorocha do‘ppi – zardo‘zi kallapo‘shi namoyishga qo‘yilgan buyumlarning muhim ashyosi hisoblanadi. XIX asrda mohir chevarlar zardo‘zi-zamindo‘zi, XX asr boshlarida zardo‘zi-guldo‘zi texnik uslubidan foydalanganlar. Kashtachilikka bajonidil temir gumbazcha bo‘lmish qubbalar kiritilgan. Gulning har bir choki alohida tikib chiqiladi, bu esa naqshga qo‘shimcha yengil bo‘rtma tarovatni berib, sidirg‘a rang doirasida tuslarning turfa jilvalanishini ta’minlaydi. Shu tariqa qavariqli jimjima naqsh qo‘shimcha bezak aks-ta’sirini keltirib chiqarib, nur va soya o‘yinini hosil etadi.
“Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi Qozog‘iston milliy muzeyida 1-iyungacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.