Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro jaz festivali sahnasida O‘zbekistonning eng yorqin jaz jamoalaridan biri - “Jazzirama”chiqish qildi.

2013-yilda tashkil etilganidan buyon ansambl zamonaviy jaz energetikasini o‘zbek musiqasining chuqur an’analari, jumladan, maqom unsurlari bilan mohirona uyg‘unlashtirgan guruh sifatida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Festival 13-maygacha davom etadi - ushbu musiqa bayramining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!