YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Bosh konferensiyaning 43-sessiyasiga bag‘ishlab O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Zamonlar osha nigoh: Xudoybergan Devonov merosi” ko‘rgazmasi oʻz ishini boshladi.
Ekspozitsiyada Markaziy Osiyoning ilk professional fotosuratchisi va kinooperatorining 34 ta betakror asarlari taqdim etilgan boʻlib, unda mohir ustozning sharofati ila dunyo nigohida XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi Xorazmning haqiqiy qiyofasi butun tarovati bilan namoyon boʻlmoqda.
YUNESKO Kotibiyati huzurida ilk bor keng xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga havola etilayotgan Xudoybergan Devonovning ijodi O‘zbekiston madaniy xotirasida salomoqli o‘rinni egallaydi.