28-may kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida va 31-may kuni Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida O‘zbekiston milliy simfonik orkestri jo‘rligida “ENIGMA” loyihasining afsonaviy ovoz sohibi Andryu Donalds konsertlari bo‘lib o‘tadi.

San’atkor “Modern Crusaders”, “Seven Lives” va “Je T’aime Till My Dying Day” kompozitsiyalari bilan tanilgan. Konsert “Oltin Asr Multimedia” bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Shuningdek, dasturdan qo‘shiqchining yakkaxon xitlari, jumladan, “Billboard Hot 100” ro‘yxatining orkestr versiyasida yangragan “Mishale” taronasi ham o‘rin olgan.

Chiptalar iticket.uz’da mavjud.