O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktabrdagi qarorini amalga oshirish yuzasidan tashkil etilgan. Jamg’armaning asosiy maqsadi ijodiy madaniyatlararo muloqotni o'rnatish va o'zbek san'atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuvidir.

Ushbu maqsadga erishish tasviriy san'at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi faoliyat kompleksini amalga oshirish, xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san'at sohasidagi xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamg'armalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, chet el investitsiyalari va grantlarini jalb qilish, Respublikada xayriya ishlarini rivojlantirish va boshqalar asosida erishiladi.