E’lon
Texnik sabablarga ko‘ra, Kirill Rihter rahbarligidagi “Richter Trio” ansamblining 6-noyabr Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konserti 2027-yil 12-martga qoldirildi.
Avval xarid qilingan barcha chiptalar yangi sana uchun ham amalda boʻladi.
Chiptalar iticket.uz saytida hanuz mavjud. Chiptalarni qaytarish masalalari bo‘yicha chipta operatoriga murojaat etish mumkin.
Ehtimol kelib chiqadigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz.