Isroil Elchixonasining taklifiga binoan, Xalqaro jaz festivali doirasida “Ayo Trio” o‘z chiqishlarini namoyish etdi va jaz hamda sharqona ohanglarning jo‘shqin qorishmasi bilan tomoshabinlarni maftun etdi. Kameral va nozik lahzalar shiddatli va cheksiz onlar bilan almashdi — ixlosmandlar mutlaq sukunatda butun vujudlari bilan uni tingladilar. Bu oqshom qanday o‘tganini foto reportajimizda tomosha qiling!
Festival 13-maygacha davom etadi, boshqa konsertlarni o‘tkazib yubormang — kirish bepul!