Koreya San’at kengashining “Osiyodan Osiyoga” nomli global Janub tashabbusi dasturi doirasida Seulda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Mannopov va Koreya San’at kengashi (ARKO)ning raisi Li Bum Hun, Tailand Zamonaviy san’at va madaniyat boshqarmasi (OCAC) vakili Pacharaporn Tantatanai hamda Lahor biyennalesi jamg‘armasi (LBF) ijrochi direktori Qudsia Rahim Raza o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar tashkilotlar o‘rtasida xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish, professional aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro munosabatlarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv davomida madaniy almashinuv va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.