O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi sizlarni Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tabriklaydi!

Ushbu qutlug‘ ayyomda har bir oilaga tinchlik, farovonlik, baxt va ertangi kunga ishonch yor bo‘lsin. Mushtarak tariximiz va boy madaniy merosimiz bizga ilhom baxsh etib, oldimizda esa bizlarga yangi imkoniyatlar, ezgu o‘zgarishlar va ulkan yutuqlar armug‘on bo‘lsin.

Yurtimiz bilan faxrlanish, ona diyorimizga mehr-muhabbat va porloq kelajakka ishonch qalblarimizda yashasin.

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!