13-aprel kuni Toshkentda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan pianinochi Elen Mersye va skripkachi Yulian Rahlin konserti bo‘lib o‘tdi.
Sozandalar fortepiano va skripkadan iborat dasturni taqdim etib, ijroni cholg‘u asboblarining nozik muloqotiga aylantirdilar. Oqshom poytaxtdagi akademik musiqa ixlosmandlari uchun yorqin voqea bo‘ldi.