Choyxona — “Milan Design Week” doirasida “Palazzo Citterio” makonida zamonaviy talqinda qayta yoritilgan choy madaniyati maydoni.
Bir hafta davomida ushbu makon ko‘rgazma mehmonlarini qabul qilib, o‘zbekona mehmondo‘stlik muhitini yaratdi. Tashrif buyuruvchilarga kundalik hayotimizning ajralmas qismi sifatida o‘zbek noni va choy tortiq etildi.
Choyxona mehmonlarga O‘zbekistonni ta’m va oddiy, ammo mazmunli kundalik an’analar orqali kashf etish imkonini berdi.