Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida “Saroy xosxonalarini kashf etib: Buxoro amiri saroyidagi san’at” ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt oy davom etgan ko‘rgazmaga qariyb 110 000 kishi tashrif buyurdi.

Ekspozitsiyada O‘zbekistonning yetakchi muzey muassasalari va Davlat Ermitaji to‘plamlaridan 75 ta muzey ashyosi namoyish etildi. Ular Buxoro amirligining badiiy madaniyati, saroy turmushi an’analari, Markaziy Osiyoning amaliy-bezak san’ati va zargarlik mahoratini keng yoritib berdi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Davlat Ermitaji bosh direktori Mixail Piotrovskiyga, shuningdek, ko‘rgazmani tashkil etish va uni muvaffaqiyatli o‘tkazishga hissa qo‘shgan barcha hamkorlar hamda mutaxassislarga samimiy minnatdorlik bildiradi.