1–30-sentabr kunlari Venetsiyaning San-Jorjo-Majore orolida Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Homo Faber 2026” zamonaviy badiiy hunarmandchilik xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi uch nafar usta – Sanjar Kubayev, Shavkatdin Kamolov va Alisher Nazirovlarning mamlakatimiz an’anaviy hunarmandchiligining vorisligi va zamonaviy rivojini mujassam bo‘lgan asarlarini taqdim etadi.
Ta’lim dasturi doirasida Madina Kasimbaeva so‘zana san’ati bo‘yicha mahorat darsini o‘tkazib, tashrif buyuruvchilarni an’anaviy kashtachilik sir-sanoatlari va unga daxldor madaniy tajribalar bilan tanishtiradi.