Vena shahridagi afsonaviy “Musikverein” zalida Georg Fridrih Gendelning “Tamerlano” operasi konsert ijrosi tarzida taqdim etiladi.

Sahnada dirijyor  Alibek Kabdurahmanov boshchiligida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri chiqish qiladi. Asar esa bastakor Kirill Rihter tomonidan yaratilgan zamonaviy talqinda yangraydi.

Kechaning solistlari — jahon opera sahnasining yulduzlari: Jenisbеk Piyazov, Xuan Sancho va Olga Peretyatko.

 

2026-yil 9-aprel Payshanba 19:30

 “Musikverein”, Vena

 

Chiptalar “Musikverein” veb-sahifasida mavjud.