4-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Xalqaro balet festivali o‘z faoliyatini boshladi. Dastlabki namoyish YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy Xorazm raqsidan ilhomlangan O‘zbekiston milliy baleti ijrosidagi “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti bo‘ldi.
Ushbu kecha festivalning yorqin debochasiga aylandi. “Lazgi” milliy madaniyatning kayfiyati, g‘ayrat-shijoati va teranligi mujdasini yo‘llab, butun festivalga o‘zgacha muhit baxsh etdi.