Rossiya estrada va jaz sahnasining eng yorqin vakillaridan biri Leonid Agutin Toshkent xalqaro jaz festivalida ijro etadi.
Sahnadagi 30 yillik ijodi mobaynida Agutin jaz, Lotin Amerikasi ohanglari va mualliflik qoʻshiqlarini maromida uygʻunlashtiruvchi betakror uslubni yarata olgan. Uning muxlislar ardogʻidagi taronalari allaqachon bir necha avlodlar madaniy qadriyatlarining bir qismiga aylanib ulgurgan.
Sizni 1-may kuni soat 21:00 da Oʻzbekiston xalqaro anjumanlar saroyining ochiq osmon ostidagi maydonida kutib qolamiz.
Festival 28-apreldan 13-mayga qadar davom etadi va barcha konsertlarga kirish bepul!