27-oktyabr kuni “O‘zbekistonʼʼ xalqaro anjumanlar saroyida davrimizning bosh neomumtoz ustasi, bastakor Maks Rihterning konserti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan kecha dasturida 2024-yilgi “Manzaradaʼʼ albomi va 2004-yilgi afsonaviy “Moviy kundaliklarʼʼ to‘plamidan kompozitsiyalar yangradi.

Bastakorga skripka va violonchel jo‘r bo‘lib, “Moviy kundaliklarʼʼ albomining matnlarini britaniyalik bastakor va musiqachi Afrodeutsche o‘qib eshittirdi.