2026-yil 27-oktabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida zamonamizning eng mashhur bastakorlaridan biri Maks Rihterning konserti bo‘lib o‘tadi.

Bastakor O‘zbekistondagi ilk chiqishi doirasida mumtoz musiqa, minimalizm va zamonaviy elektron ohanglarni o‘zida mujassam etgan “In A Landscape” dasturini taqdim etadi.

Maks Rihter ijodi hozirgi zamon musiqa madaniyatida alohida o‘rin tutadi. Uning asarlari xotira, vaqt, inson tajribasi va insonning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasi mavzulariga qaratilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab tinglovchilarga manzur bo‘lib kelmoqda.

Ilgari konsert 21-aprelga belgilangan edi. Sana o‘zgargani bois avval sotib olingan barcha chiptalar o‘z kuchida qoladi. Chiptalarni havola orqali mavjud. Chiptalarni quyidagi manzillardan xarid qilish mumkin: https://iticket.uz/en/events/concerts/max-richter/42474