13-aprel kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan taniqli musiqachilar - pianinochi Elen Mersye va skripkachi Yulian Rahlin konserti bo‘lib o‘tadi.

Elen Mersye zamonaviy akademik sahnaning eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib, dunyoning nufuzli sahnalarida, jumladan, YUNESKOning Samarqanddagi tadbirlarida chiqishlar qilgan. Ushbu kechada unga xalqaro miqyosda e’tirof etilgan mohir skripka sozandasi Yulian Rahlin jo‘r bo‘ladi. San’at ustalarining mushtarak chiqishlari cholg‘ular o‘rtasidagi nozik muloqot va sermazmun konsert dasturi boʻlishi kutilmoqda.

Chiptalar iTicket saytida (https://iticket.uz/events/concerts/helene-mercier-and-julian-rachlin/42508) mavjud.