Festival doirasida nishonlangan Xalqaro jaz kunida Rossiya xalq artisti, pianinochi Sergey Jilin o‘zining “Fonograf – Simfo-Jaz” loyihasi bilan chiqish qildi. Toshkent jamoatchiligiga Chaykovskiy, Rimskiy-Korsakov, Rahmaninov asarlariga jaz uslubida sayqal berilgan “Rus. Saylanma”si nomli maxsus dastur taqdim etildi. “O‘zbekiston” anjumanlar saroyi sahnasida musiqa tantanasi – foto tasmalarimizda!
Festival 13-maygacha davom etadi, boshqa konsertlarni o‘tkazib yubormang – kirish bepul!