30-aprel — Xalqaro jaz kunida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro jaz festivali doirasida Rossiya xalq artisti Sergey Jilin “Fonograf — Simfo-Jaz” ansambli va “Rus saylanmasi” dasturi bilan chiqish qiladi. 

Konsert dasturidan Chaykovskiy, Rimskiy-Korsakov va Rahmaninovning jaz uslubida qayta ishlangan asarlari o‘rin olgan. XIX-XX asrlar bo‘sag‘asidagi mumtoz musiqa o‘zgacha yangraydi: yangi va kutilmagan, ammo shu bilan birga teran va puxta.

Sizni 30-aprel kuni soat 19:30 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutib qolamiz.

Festival 28-apreldan 13-mayga qadar bo‘lib o‘tadi, barcha konsertlarga kirish bepul!