Kino hayotning bir qismi sifatida. O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida rejissyor Stanislav Govoruxin tavalludining 90 yilligi nishonlandi.

2-oktabr kuni “San’at dunyosi” nomli II Rossiya san’at festivalining kino kuni doirasida ushbu san’at koshonasida o‘z ishining mohir ustasining hayoti haqidagi fotoko‘rgazma ochildi va aktyor Boris Kamorzinning muxlislar bilan ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomoshabinlarga “Film haqida va nafaqat...” hujjatli filmi hamda “Go‘zal davrning intihosi” kartinasi namoyish etildi.

Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi, Xakasiya Respublikasi Madaniyat vazirligi, Rossiya Badiiy akademiyasi, A.Y.Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasi hamda ʻʻRoskonsertʼʼ federal muassasasi hamkorligida tashkil etilgan.