“Yamaha Corporation” taklifiga binoan, Xalqaro jazz festivali doirasida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri joʻrligida Fransiyaning eng yorqin jazz musiqachisi va bastakorlaridan biri Silven Gontar sahnaga chiqdi. Orkestr ham, solist ham tomoshabinlarga jazz va simfonik musiqa bir butun ohangdek uygʻunlashgan, nihoyatda nafis va lirika bilan yoʻgʻrilgan musiqiy dastur taqdim etdi.

Konsert oqshom atmosferasi, musiqachilar mahorati va jaranglarning teranligi bilan hayratga tushgan juda koʻp sonli tomoshabinlarni jamladi. Bu unutilmas kecha qanday oʻtgani foto hisobotimizda!

🎥 Ijroning eng yorqin lavhalarini YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Festival 13-mayga qadar davom etadi. Navbatdagi konsertlarni ham oʻtkazib yubormang, kirish bepul!